Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 17 782 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan  bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

Ularning so‘nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2019-yilda – 10 080 ta

2020-yilda – 11 903 ta

2021-yilda – 13 693 ta

2022-yilda – 15 245 ta

2023-yilda – 17 782 ta