Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida, shaxsiy xizmatlar hajmi 3 330,3 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda jami koʻrsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining hajmi 2 150,3 mlrd. soʻm tashkil etdi. Boshqa shaxsiy xizmatlar hajmi 802,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻz navbatida, toʻqimachilik va moʻynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash boʻyicha xizmatlarining hajmi 212,8 mlrd. soʻmga yetdi. Jismoniy komfortni taʼminlash boʻyicha xizmatlar hajmi 104,6 mlrd. soʻmni hamda dafn marosimlarini tashkil qilish xizmatlari hajmi esa 60,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi.