Joriy yilning 17-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-58-son Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hujjatning asosiy maqsadi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini “5T-taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish” tamoyili asosida rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekistonni mintaqaning taʼlim xabiga aylantirish.





