Joriy yilning 3-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Shuningdek, unda Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining 4 bob (Statistika dasturlari, kuzatuvlari va registrlari, roʻyxatga olishlar, ularni tuzish va tasdiqlash tartibi) 19-25 moddalari boʻyicha maʼruzachi tomonidan tushuntirishlar berildi.






