10/04/2026

   Joriy yilning 10-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida navbatdagi “Huquqiy bilimlar kuni” boʻlib oʻtdi. Boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-50-son Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berdi. Unda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini transformatsiya qilishning asosiy maqsadlari, tizimga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish,  muammoli kreditlarni undirishning yangi tartibi va boshqalar haqida soʻz yuritildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.