So'nggi yangiliklar

2025- yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami 1 794 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida 283,9 mln AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 228,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 106,9 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1 525,8 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 13,9 % ini tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 770,8 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 21,9 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 18,1 % ni, ishlab chiqarish hajmi 2100,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Tuman va shaharlarda tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Navbatdagi o‘quv seminari joriy yilning 29- yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasi malakali xodimlari tomonidan Oqoltin va Sardoba tumanlarida tashkil etildi.