So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-dekabr oylarida, ko‘chib kelganlar sоni 7 580 kishini, shundan erkaklar 2 621 nafar, ayollar 4 959 nafarni tashkil etdi. Ko‘chib kelganlarning eng ko‘pi ayollar xissasiga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning 24- yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2025- yilning 1- yanvar holatiga jami 1 852 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha 12 bozor va 12 bozor (chorva) oylik kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 171,0 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan 122,7 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (15,3 %), Qozogʻiston (31,3 %) hamda Qirg‘iz Respublikasi (1,4 %) davlatlari bilan qayd etildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 556,8 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 110,2 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 30,6 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1 053,7 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yil yanvar-dekabr oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 221,6 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi va Sirdaryo viloyatidagi ulushi 4,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 32,1 % ni  tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 5,9 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 3 719,2 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.