Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlarning 51,8 % i sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlarga, 31,7 % i shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 16,5 % i esa tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.