Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-may oylarida nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 88,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Ushbu ko‘rsatkichning jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,8 % ni tashkil etgan.
Davlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan esa 2,9 trln so‘mlik yoki jami qurilish ishlarining 3,2 % miqdorida qurilish ishlari bajarilganligi qayd etilgan.
Bajarilgan nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlarning jami qurilish ishlaridagi ulushi yillar kesimida (yanvar-may):
2024-yil – 97,1 %
2025-yil – 96,8 %