04/07/2025

   Joriy yilning 4-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonunlari mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

   Mashgʻulot davomida tinglovchilar Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarning asosiy yoʻnalishlari va endilikda qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olishdi. Maʼruzachi xodimlarning barcha savollariga javob berdi.