Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025- yilning yanvar-may oylarida 10 trln so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 30,3 % ga ko‘paygan.
Shuningdek, ularning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2024- yilning mos davriga nisbatan 1,7 % punktga ko‘payib, 10,9 % ni tashkil etgan.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi (yanvar-may):
2024- yil – 9,2 %
2025- yil – 10,9 %