So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, viloyatimizda 6873 ta nikohlar qayd etilgan bo‘lsa, ajrimlar soni 1505 tani tashkil qildi.

2024- yilning 1- dekabr holatiga Sirdaryo viloyatida 212 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Guliston shahri 35,0 % bilan 2 273,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Eng quyi ulushni esa, Shirin shahri 1,3 % bilan 87,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yilning yanvar-dekabr oylari holatiga koʻra, 338,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan:

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida transport xizmatlari hajmi 1 116,1 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 120,0 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 9,6 % ni tashkil etdi. Shu jumladan: avtotransport xizmatlari 1 047,4 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 120,1 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 9,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 17,0 % yoki 1 860,6 mlrd so‘m investitsiyalar korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 22,3 % ni yoki 1 127,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 99,8 % ni tashkil etdi. Shundan, 520,8 mlrd so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 84,6 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 5,4 mlrd so‘mni va 33,2 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari 601,0 mlrd so‘mni va 120,7 % ni tashkil etdi.  

2024- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,7 % bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 308,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida FHDYO organlari tomonidan 22113 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etildi.