2025-yilning yanvar-may oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 20,3 mln AQSH dollari qiymatidagi 28,0 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,7 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 18,3 % ni tashkil etdi.