Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 8,7 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming nafarga yoki 14,5 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayyohlik – 7 178 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 980 nafar
xizmat yuzasidan – 467 nafar
tijorat – 48 nafar
oʻqish – 17 nafar