So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 22-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda jami 10 942,8 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 64,3 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 770,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 67,2 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati jahonning 52 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada (15,3 %), XXRda (21,0 %), Afg‘onistonda (16,7 %), Qozogʻistonda (31,3 %), Turkiyada (2,1 %) va Qirg‘iz Respublikasida (1,4 %) qayd etilgan.

Sirdaryo viloyati jahonning 52 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada (15,3 %), XXRda (21,0 %), Afg‘onistonda (16,7 %), Qozogʻistonda (31,3 %), Turkiyada (2,1 %) va Qirg‘iz Respublikasida (1,4 %) qayd etilgan.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 453,5 mlrd so‘mni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 3,9 % ni, 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 111,8 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 11 595,2 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 58,3 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida jami 8 474 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasida yirik korxonalarning tovar aylanmasi 371,1 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 88,1 % ni tashkil etdi.