01/07/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yilning 1-may holatiga qurilish sohasida jami 28 362 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Ularning soni yil boshidan buyon 954 taga oshgan, shuningdek, ular hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan  24,2  % ni tashkil etgan.

   Ular hududlar kesimida quyidagicha:

   Toshkent shahri – 6 863 ta

   Toshkent viloyati – 2 504 ta

   Farg‘ona viloyati – 2 136 ta

   Samarqand viloyati – 2 107 ta

   Buxoro viloyati – 2 030 ta

   Qashqadaryo viloyati – 1 963 ta

   Surxondaryo viloyati – 1 838 ta

   Andijon viloyati – 1 608 ta

   Qoraqalpog‘iston R. – 1 506 ta

   Xorazm viloyati – 1 403 ta

   Namangan viloyati – 1 314 ta

   Jizzax viloyati – 1 158 ta

   Navoiy viloyati – 1 134 ta

   Sirdaryo viloyati – 798 ta