Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 10,8 ming nafar Koreya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 152 nafarga yoki 1,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayyohlik – 7 508 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 634 nafar
xizmat yuzasidan – 1 382 nafar
oʻqish – 294 nafar