08/07/2025

   Joriy yilning 8-iyul kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Muomala madaniyati va kiyinish odobi” mavzusida navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbatida boshqarma xodimlari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish boʻyicha bosh mutaxassisi S.Axmedov soʻzga chiqib, ishtirokchilarga davlat xizmatchilari ishda va ishdan tashqari holatlarda o‘zaro hurmat, to‘g‘ri gapirish, oʻzlarini tutish madaniyati, xushmuomalalik va kasbiy odob-axloq me’yorlari, kiyinish madaniyati va bugungi kunda keng targʻib etilayotgan “Milliy liboslar kuni” toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.