Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Guliston tumanida (2024-yilning mos davriga nisbatan 7,9 m.), Guliston shahri (2,5 m.) va Boyovut tumanida (172,7 %) qayd etildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Sardoba tumani (2024-yilning mos davriga nisbatan 138,7 %), Mirzaobod tumani (135,4 %) va Yangiyer shahrida (102,8 %) kuzatildi.