03/07/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 120 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 3 816 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan  876 dona elektromobil import qilgan.