18/08/2023

Joriy yilning 18- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida  hamda yangi Konstitutsiyani o‘rganish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda, boshqarma bosh yuristkonsulti K.Gaynazarova tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. O‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqoralarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari doirasi kengayganligi hamda kafolatlari sezilarli darajada kuchayganligi to‘g‘risida alohida qayd etildi.