21/08/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 139,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 63,4 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 45,6 %ni tashkil etdi.

Mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 63,9 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 45,9 %) hamda boshqa xarajatlar 11,8 trln. soʻmni (8,5 %) tashkil qildi.