15/09/2023

2023- yilning yanvar-iyul oylarida hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri keldi 21,4 %. Shuningdek, Guliston shahri 21,1 %, Yangiyer shahri 16,1 %, Sayxunobod tumani 8,7 %, Boyovut tumani 8,1 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (111,4 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Guliston tumani (229,7 %), Oqoltin tumani (181,8 %), Yangiyer shahri (146,8 %) hamda Sardoba tumani (143,0 %) qayd etildi.