15/09/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 298 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 19 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 279 tani tashkil qildi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur’atlariga eng yirik korxonalar Boyovut (163,6 %), Oqoltin (183,7 %), Sirdaryo (121,1 %), hamda Xovos (119,3 %) tumanlarida kuzatildi.