13/10/2023

Joriy yilning 13-oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov boshqarmaning Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i B.Bekmurodov bilan birgalikda "Iste’mol narxlari indeksi" kuzatuvining nooziq-ovqat bo‘limi boʻyicha hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan, savdo obyektlarida statistik kuzatuvlarni o‘tkazdi.

Kuzatuv davomida boshqarma boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov tomonidan registratorga nooziq-ovqat boʻlimi boʻyicha narxlar planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.