20/10/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika boʻyicha jami donli ekinlar ekilgan maydoni 1 546,3 ming gektarni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, ekilgan don ekinlari umumiy maydonining 74,7 % i fermer xoʻjaliklariga, 10,0 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 15,3 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.