19/12/2023

2023- yilning 1- dekabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13777 tani tashkil etib, 83,9 foizini (11564 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 329 ta

Sirdaryo tumani – 1 674 ta

Mirzaobod tumani – 1 249 ta

Boyovut tumani – 1 240 ta

Guliston tumani – 1 122 ta

Sayxunobod tumani – 1 096 ta

Sardoba tumani – 1 038 ta

Yangiyer shahri – 942 ta

Oqoltin tumani – 878 ta

Xovos tumani – 839 ta

Shirin shahri – 370 ta