22/12/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qariyb 1,3 ming tonna ananas import qilingan.

Ananas importi hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 594 tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 11 oyda 9 ta davlatdan ananas import qilgan

2023-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp ananas import qilgan davlatlar:

Xitoy – 756,5 tonna

Qozogʻiston – 280,4 tonna

Kosta-Rika – 103,4 tonna

Keniya – 53,8 tonna

Turkiya – 36,3 tonna

Ekvador – 22 tonna