30/04/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yil 1- aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 214,5 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,0 kishiga ortgan (2023- yil 1- aprel holatiga 1 kv. km. ga 210,5 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2761,7 kishi, Yangiyer shahrida 1616,5 kishi, Shirin shahrida 1448,8 kishi, Boyovut tumanida 266,6 kishi, Sirdaryo tumanida 250,9 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar  Mirzaobod tumanida 127,1 kishi, Oqoltin tumanida 101,6 kishi, tashkil etgan.