16/05/2024

Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 2024- yilning yanvar-mart oylarida mazkur dastur doirasida kiritilgan 47 ta loyiha bo‘yicha 346,2 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 6,8 mln. AQSH. dollari miqdorida eksport qilindi.Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2024- yilning yanvar-mart oylarida 126 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.