17/12/2024

       Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”  PQ-347-sonli hamda 2023-yil 8-maydagi “2026- yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46- Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-150- sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

       Musobaqada boshqarma hamda tuman (shahar) statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. Musobaqa do‘stona va ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi. Musobaqa so‘ngida gְ‘oliblar boshqarma boshlig‘i va kasaba uyushmasi nomidan qimmatbaxo sovg‘alar hamda diplom bilan taqdirlandi. Kelgusida shu kabi musobaqa ko‘proq o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.