04/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,8 ming tonna choy import qilingan.

O‘zbekistonga 2025-yilning 2 oyida eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

Xitoy — 4 720,5 tonna;

Eron — 360,3 tonna;

Keniya — 160,6 tonna;

Rossiya – 130,9 tonna;

Hindiston — 99 tonna;

BAA — 72,6 tonna.