02/05/2025

Joriy yilning 2-may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-71-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati” mavzuida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning rolini oshirish, sektorlar faoliyatida yangi tartib oʻrnatish, iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ushbu hujjat Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashining 2025-yil 5-martda oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishida Prezident tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilganligi alohida qayd etildi.