2025-yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 11 271 tani tashkil etib, 81,2 foizini (9 148 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 2 791 ta
Sirdaryo tumani – 1 419 ta
Sardoba tumani – 1 009 ta
Boyovut tumani – 980 ta
Mirzaobod tumani – 961 ta
Yangiyer shahri – 826 ta
Guliston tumani – 804 ta
Sayxunobod tumani – 797 ta
Oqoltin tumani – 731 ta
Xovos tumani – 692 ta
Shirin shahri – 261 ta