14/05/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 44,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 ming nafarga yoki 16,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida BAAga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 39 172 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 5 024 nafar

xizmat yuzasidan – 363 nafar

davolanish – 167 nafar

oʻqish – 70 nafar