Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 34,2 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,7 ming nafarga yoki 58,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
xizmat yuzasidan – 14 322 nafar
sayyohlik – 10 189 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 9 471 nafar
tijorat – 114 nafar
o‘qish – 90 nafar
davolanish – 17 nafar