16/05/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 13,5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.

Joriy yilning dastlabki 3 oyida Tailandga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 11 880 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 1 510 nafar

xizmat yuzasidan – 56 nafar

oʻqish – 7 nafar

davolanish – 3 nafar