Joriy yilning 16-may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 296-sonli qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, hukumat qarori bilan tasdiqlangan va 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradigan “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga koʻra yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilishi belgilangani qayd etildi.