20/05/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 16 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,4 ming nafarga yoki 37,6 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

sayyohlik – 9 194 nafar

xizmat yuzasidan – 4 463 nafar

oʻqish – 2 210 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 137 nafar

tijorat – 8 nafar

davolanish – 2 nafar