2025-yilning yanvar-mart oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 16,5 % ni yoki 162,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi 127,4 mlrd so‘mni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 2,8 mlrd so‘mni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari 32,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.