21/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 16,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 ming nafarga yoki 2 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Misrga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayyohlik – 14 407 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 2 213 nafar

davolanish – 58 nafar

xizmat yuzasidan – 6 nafar

o‘qish – 5 nafar