22/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yilning 1-may holatiga jami 56 576 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning soni yil boshidan buyon 930 taga oshgan.

Shuningdek, ular hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqorisi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan  18,9 % ni tashkil etmoqda.

Ular hududlar kesimida quyidagicha:

Toshkent shahrida – 10 670 ta

Toshkent viloyatida – 6 357 ta

Farg‘ona viloyatida – 5 885 ta

Samarqand viloyatida – 4 704 ta

Andijon viloyatida – 4 440 ta

Namangan viloyatida – 4 050 ta

Xorazm viloyatida – 3 310 ta

Buxoro viloyatida – 3 096 ta

Surxondaryo viloyatida – 3 005 ta

Qashqadaryo viloyatida – 2 823 ta

Navoiy viloyatida – 2 471 ta

Qoraqalpog‘iston Resp. – 2 416 ta

Jizzax viloyatida – 2 194 ta

Sirdaryo viloyatida – 1 155 ta