23/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 2025-yilning 1-may holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 12 367 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning soni yil boshidan buyon 1 614 taga oshgan.

Shuningdek, ular hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqorisi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan 17,6 % ni tashkil etmoqda.

Ular hududlar kesimida quyidagicha:

Toshkent shahrida – 2 182 ta

Farg‘ona viloyatida – 1 446 ta

Samarqand viloyatida – 1 186 ta

Andijon viloyatida – 1 135 ta

Qashqadaryo viloyatida – 983 ta

Buxoro viloyatida – 942 ta

Toshkent viloyatida – 880 ta

Namangan viloyatida – 742 ta

Xorazm viloyatida – 723 ta

Qoraqalpog‘iston Resp. – 651 ta

Navoiy viloyatida – 488 ta

Surxondaryo viloyatida – 478 ta

Jizzax viloyatida – 353 ta

Sirdaryo viloyatida – 178 ta