23/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 46,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Turkiyaga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayyohlik – 35 016 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 9 995 nafar;

davolanish – 668 nafar;

o‘qish – 527 nafar;

xizmat yuzasidan – 360 nafar.