23/05/2025

Joriy yilning 23-may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-76-sonli Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, Farmonning asosiy maqsadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etilganligi, Agentlik taʼlim tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatilishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.