2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 1 984,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 108,8 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 138,1 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1 846,5 mlrd so‘m, shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 211,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.