2025-yilning yanvar-aprel oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 226,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 119,7 % ni va ularning umumiy hajmidagi ulushi 1,0 % ga ko‘payib, 15,1 % ni tashkil etdi.