Joriy yilning 28-may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Yaxyayaev, Sirdaryo tumanida, kuzatuvga mas’ul xodim R.Safarov bilan birgalikda, yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo‘lovchilarni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazilib planshet qurilmasiga kiritildi.