29/05/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 11,1 trln so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 % ini tashkil etdi.

   Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 8,4 % ga oshgan.

   Ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ularning ulushi 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 46,8 % ni  tashkil etdi.