Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-aprel oylarida nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 71,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,2 % ni tashkil etdi.
Davlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan esa 2,1 trln so‘mlik yoki jami qurilish ishlarining 2,8 % miqdorida qurilish ishlari bajarilganligi qayd etildi.
Bajarilgan nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlarning jami qurilish ishlaridagi ulushi yillar kesimida (yanvar-aprel oylari uchun):
2022-yil – 97,3 %
2023-yil – 98,6 %
2024-yil – 97 %
2025-yil – 97,2 %